So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hind va Xitoy qoʻshinlari oʻrtasida bahsli chegara hududida toʻqnashuv sodir boʻldi
Toʻqnashuvda xitoylik askarlarning “dubinka” bilan qurollanganligi sababli yigirmaga yaqin hind askari yaralangan.
Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx mamlakatning shimoli-sharqidagi Arunachal-Pradesh chegarasida hind va xitoy qoʻshinlari oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻlganini tasdiqladi.
“9-dekabr kuni yuzlab xitoylik askarlarning Hindiston chegarasini kesib oʻtganidan soʻng, har ikki tomonning qoʻshinlari oʻrtasida otishmas sodir boʻldi” — dedi Singx.
Hindiston bu masalani Pekin bilan diplomatik yoʻl bilan koʻtargan va har ikki tomonning harbiy qoʻmondonlari buni muhokama qilgan. Singx Hindistonning Arunachal-Pradesh shtatidagi Yanszi hududidagi toʻqnashuv haqida boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Bloombergʻga mavzuning nozikligi sababli shaxsini oshkor qilmaslikni soʻragan hind rasmiylari, toʻqnashuvda xitoylik askarlarning “dubinka” bilan qurollanganligi sababli yigirmaga yaqin hind askari yaralanganini aytdi.
Nizoning kelib chiqishi
Hindiston mustaqillikka erishgan (1947-yil) va XXR tashkil topgan (1949) dan buyon umumiy maydoni, taxminan, 130 ming km/kvadrat boʻlgan chegara hududining ikki joyiga egalik qilish muammosi oʻzaro munosabat davriy keskinlashuvining asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda.
Ushbu kelishmovchilik ildizi XIX asr oʻrtalariga borib taqaladi. Oʻshanda ilk bor Xitoy imperatori va Britaniya Hindistoni oʻrtasida Tibet, Kashmir, Nepal, Sikkim, Butan va hozir Hindiston mulki boʻlgan Arunachal Pradesh shtati boʻyicha nizoli masala koʻtarilgan.
Shundan buyon har ikki tomondan koʻp yillik mojaroni hal etish istagi koʻp marta oshkora namoyon etilishiga qaramay, hududiy muammo munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi jiddiy toʻsiq boʻlib qolmoqda.
Bu, ayniqsa, bahsli chegara hududlari turli separatistik (asosan, etnik hamda diniy) va ijtimoiy oqimlar harakat qilayotgan, har ikki davlat barqarorligiga tahdid soladigan qismlariga tutashligi bilan bogʻliq.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir