So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bankning sobiq rahbari tadbirkor bilan til biriktirib, 1 mlrdga yaqin kredit pullarini “tuya” qildi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Nurota tumanida kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishichA, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unga koʻra, “M.N.” va “E.N.” MCHJ rahbari M.J. hududiy tijorat banki filiali sobiq rahbari A.X. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, ushbu MCHJlarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida ajratilgan jami 940 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek “E.-s.” MCHJ rahbarining xabardorligisiz 150 mln soʻmni “M.N.” MCHJga kredit qarzini toʻlash maqsadida moliyaviy yordam koʻrinishida oʻtkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.