So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyotiga yangi qozi tayinlandi
Joriy yilning 28-noyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Unga koʻra, Shamshetdin Bauatdinov Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi vazifasidan ozod etildi.

Mazkur lavozimga qozi oʻrinbosari va “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan Bahramatdin domla Razov tayinlandi.

Shuningdek, yigʻilishda Shamshetdin Bauatdinovning masjidlarni obod etish, imom-domlalarning faoliyatini takomillashtirish, talabalarga munosib shart-sharoitlar hozirlash va moʻmin-musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish yoʻlidagi mehnatlari munosib eʼtirof etildi.
Maʼlumot oʻrnida, Bahramatdin domla Razov Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tahsil olgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” madrasasida ham xizmat qilib kelmoqda. U yigirma yildan buyon diniy sohada mehnat qiladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir