So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Namanganda MIB qarzdor fuqarolarning qoramol va qoʻylarini xatladi
Joriy yilning 25-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chust tumanida olib borilgan majburiy ijro harakatlari aks etgan videolavha joylashtirilgan.
Unda qarzdor fuqarolar ijro talablarini bajarmayotgani, davlat ijrochilari hamda ichki ishlar idoralari xodimlariga qarshilik qilayotgan holatlar yoritilgan. Mazkur holat Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi va yakuniy xulosalar berildi.
Maʼlumki, Byuro organlarining asosiy vazifasi sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosi toʻliq taʼminlashdan iboratdir. Ana shundan kelib chiqqan holda, Byuroning Chust tuman boʻlimi tomonidan joriy yilning 24-noyabr kuni qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda toʻlamagan fuqarolar xonadonlariga majburiy ijro harakatlari tayinlangan. Jumladan, fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan qarzdor B.Jabborovdan ATB Agrobank Chust tuman filiali foydasiga jami 36 mln. 293 ming soʻm undirish koʻrsatib oʻtilgan.
Mazkur hujjat Byuroning Chust tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va harakatlari olib borilgan. Yaʼni qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan,biroq ana shu vaqt ichida B.Jabborov qarzni toʻlash oʻrniga turli bahonalar bilan toʻlovni paysalga solgan.
Shundan keyin davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning yashash manzili Chust tumani Pansada mahallasi Karvon koʻchasidagi xonadoniga borilib, yashash ehtiyojidan ortiqcha boʻlgan mol-mulklari, aniqrogʻi qoramoli xatlangan.
Shunda, qarzdorning qarindoshi kelib, jamoat tartibni saqlash uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari talablariga boʻysunmay, qarshilik koʻrsatgan. Holat boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda qarzdorlik evaziga 10 bosh qoʻy xatlanayotgan jarayon aks etgan video xabalar tarqatilgan. Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining buyrugʻiga koʻra qarzdor S. Abdullayevdan ATB Agrobank tuman filiali foydasiga 40 mln. 68 ming soʻm undirish belgilangan boʻlib, qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan. Biroq, qarzdorlik bartaraf etilmagani uchun majburiy ijro harakatlari davrida, qarzdorlik evaziga 10 bosh qoʻylar xatlangan.