So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatidagi 4 ta “ogʻir” mahallada bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi
Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatida boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan ikki yarim oy mobaynida Toshkent viloyati boʻyicha tanlangan 4 ta “ogʻir” mahallada – Piskent tumanidagi “Suvti”, Bekobod tumanidagi “Xonobod”, Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Boygʻulli” va Quyichirchiq tumanidagi “Koʻksaroy” MFYlarda 41 ta koʻchada bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.
Dasturga koʻra 966 ta oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari kapital taʼmirlab berilgan.

Mahallalarda 5,8 km yoʻl shagʻal yotqizildi, 3 772 m2 piyoda yoʻlaklari qurildi. Besh kilometrga yaqin uzunlikdagi yangi elektr tarmogʻi tortildi, 253 dona yoritish chiroqlari oʻrnatildi, 2 ta yangi transformator oʻrnatilib, 11 tasi kapital taʼmirlandi, 1 mingdan ziyod simyogʻoch ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 82 ta yangi qoʻshimcha temir-beton ustunlar oʻrnatilgan.



Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 12 ta gaz taqsimlash punkti, 35,2 km gaz tarmogʻi taʼmirlangan. Aholi talabidan kelib chiqqan holda xonadonlarga qoʻshimcha 126 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 12 tonna koʻmir yetkazib berildi.

Aholining yordamga muhtoj qatlami ijtimoiy hamda tibbiy muhofazasi masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi.

Xususan, 289 nafarini doimiy ish joyi bilan taʼminlashda, 36 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishida, 26 nafariga esa 625 mln. soʻm imtiyozli kredit olishiga koʻmaklashildi. “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”dagi 80 ga yaqin fuqaroga 100 mln. soʻmdan ziyod turli moddiy yordamlar koʻrsatildi.
Shu bilan birga 10 mingga yaqin fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik natijasiga koʻra 47 nafariga davolanish uchun bepul order berildi va shifoxonaga joylashtirildi, 500 ga yaqin fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi.

Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida ham turli hil targʻibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.
Xonadon madaniyatini yuksaltirish, oilalarda farzand tarbiyasi, kitobxonlikni targʻib qilish, sport tadbirlari, “Uch avlod uchrashuvlari” kabi yuzdan ziyod tadbirlar shular jumlasidan. Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir