So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Senatda Qozogʻiston bilan ittifoqchilik toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun maʼqullandi
Senat Qozogʻiston Respublikasi bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi.
2023-yil 25-noyabr kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Muhokama chogʻida senatorlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston eng yaqin qoʻshnilar hamda vaqt sinovidan oʻtgan strategik hamkorlar ekanini alohida taʼkidladi. Keyingi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikning yangi davri boshlandi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar jadal rivojlanmoqda.
Shartnomaning asosiy maqsadi ikki mamlakat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va barqaror iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga qaratilgan davlatlararo munosabatlarning yangi bosqichini shartnoma-huquqiy jihatdan mustahkamlashdan iborat ekani qayd etildi.
Shartnoma tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik, migratsiya, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni qabul qilish, parlamentlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.
Senatorlar Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi ikki xalqning maʼnaviy-madaniy yaqinligini qoʻllab-quvvatlashga, madaniyat, ilm-fan, taʼlim va sport sohasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, degan fikr bildirdi.
Shartnoma ilovasida davlat rahbarlari boshchilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi Oliy davlatlararo kengashi toʻgʻrisidagi Nizom keltirilgani alohida taʼkidlandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir