So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
“Savdo va ishlab chiqarish 18 trln soʻmga yetkaziladi, Uchtepa Toshkentda yetakchi tumanlardan biri boʻlishi kutilyapti” – Jamshid Qoʻchqorov
Kecha, 13-dekabr kuni Uchtepa tumanida prezident ishtirokida boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri Jamshid Qoʻchqorov tumanga oid rejalarni taqdim etdi.
“Uchtepaning Xirmontepa koʻchasida, yoʻl boʻylarida 75 ta savdo nuqtalari ochish rejalashtirilyapti. Bundan tashqari, oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatyaptiki, tuman boʻyicha 360 ta binoda foydalanilmay turgan 91 ming kvadrat joylarni ijarga bersa boʻladi.
Bilamizki, koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida tadbirkorlik nuqtalari ochish mumkin. Shuning uchun bunday uylar qimmat. Buni hisobga olgan holda, 1-qavatdagi uylarni sotib olib, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishni istovchilarga “Milliy bank” tomonidan alohida imtiyozli kredit liniyasini yoʻlga qoʻymoqchimiz.
Tumanda, shuningdek, koʻpchilik biladigan “Vatan” kinoteatri bor. Bir vaqtlar uning 25 foizlik ulushi davlat hisobida qolib ketgan. Hozir 75 foizlik ulushiga ega tadbirkor obyektdan toʻlaqonli foydalana olmayapti. Agar unga toʻligʻicha oʻtkazilsa, 8 mln dollar investitsiya kiritaman va 350 kishini ish bilan taʼminlayman, deyapti.
Umuman, rejalarimiz boʻyicha Uchtepa tumanida kelgusi yilda sanoat mahsulotlari hajmi 6,7 trln, savdo va ishlab chiqarish 18 trln soʻmga yetkaziladi. Bu borada tuman Toshkent shahrida yetakchilardan biri boʻladi”, – dedi Jamshid Qoʻchqorov.



