So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shahrisabzda 14 yoshli qizaloq 7 oy davomida majburiy ravishda jinsiy aloqaga yollangani maʼlum boʻldi
Bolalar ombudsmani Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi voyaga yetmagan 14 yoshli qizaloq Ch.T.ning murojaatiga asosan amaliy harakatlarni boshladi.
Unga koʻra, 2009-yilda tugʻilgan qizaloqni 2023-yilning may oyidan 15-noyabr kuniga qadar Shahrisabz tumani, Xoʻjabogʻ qishlogida yashovchi fuqaro N.A. oʻzining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zoʻrlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.
Bolalar ombudsmani mazkur holatni zudlik bilan oʻrganish va voyaga yetmagan Ch.T ga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etgan shaxslarga qonuniy chora koʻrish toʻgʻrisida Bosh prokuraturaga murojaat qilgan.
Viloyat prokuraturasi shu kunni oʻzida hodisani oʻrgangan holda, Kitob tumani prokurori tomonidan fuqaro N.A ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (Odam savdosi, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov guruhi tuzilgan va tezkor ravishda tergov harakatlariga kirishilgan.
“Bolalarga nisbatan bunday mudhish jinoyatni sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javob berishi shart. Jinoyat ishi Bosh prokuratura va Bolalar ombudsmanining alohida nazoratida. Bu ogʻir jinoyatning qurboni boʻlgan bolaning manfaatlari toʻliq ravishda taʼminlanadi. Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.