So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Majlisbozlik qachon tugaydi? Hokimlik binosida yiqilib tushgan mahalla raisi voqea joyida vafot etdi
Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda mahalla raisi yiqilib tushib vafot etdi. Bu haqda «Daryo” internet nashri xabar bergan.
Unga koʻra, hokimiyat masʼullarining 40 kundan beri davom etayotgan majlisbozligi bir inson oʻlimiga sababchi boʻlgan.
Olmazor tumanida 15-oktyabrdan beri har kuni yigʻilish oʻtkazilyapti. 40 kundan beri ertalab 07:30 dan 08:30 ga qadar, baʼzan undan ham koʻproq davom etayotgan yigʻilish ishchilarning haq-huquqini poymol qilmoqda, — degan yigʻishda qatnashib, rais oʻlimiga guvoh boʻlgan manba.
Uning aytishicha, bugun 24-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlis paytida, soat taxminan 10:00 larda “Yangi Sebzor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi yiqilib tushib, voqea joyida vafot etgan.

“Bu majlisbozlik qachon tugaydi? Har kun bir soatlab koʻchada sovuqda turyapmiz. Surxondaryodagi maktab direktoriga oʻxshab ketishni xohlamayman. Lekin majlisbozlik jondan oʻtkazib yuboryapti”, — deydi bu haqida gapirgan manba.
Vafot etgan rais Shavkat Murodbekov ismli fuqaro boʻlgan. Olmazor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Vitaliy Tolibjonov ham voqeani tasdiqladi. Ammo qoʻshimcha maʼlumot berolmasligini, ish yuzasidan prokuraturadan axborot olish mumkinligini aytdi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning maʼlumot berishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
“Joriy yilning 24-noyabr kuni soat taxminan 11:30 larda Olmazor tumani hokimligi majlislar zalida “Yangi Sebzor” MFY raisi 1958-yilda tugʻilgan Murodbekov Shavkat Mahmudovich vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — degan Hayot Shamsutdinov.