So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Afgʻonistonga elektr energiyasi eksporti toʻxtatilgani yoʻq — Energetika vazirligi
Energetika vazirligi DABS energetika kompaniyasi vakilining iddaolarini rad etdi.
Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berishda davom etmoqda, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, hozirda bitta “Naibobot 1” elektr uzatish tarmogʻi orqali elektr energiyasi yetkazib berilmoqda, ikkinchi “Naibobot 2” tarmogʻida texnik nosozliklar tufayli taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Afgʻonistonga elektr energiyasi eksporti qisqargan, biroq toʻxtatilgani yoʻq. Shu kunlarda 125 MVt elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Qayd etish kerak, Afgʻonistonning DABS energetika kompaniyasi vakili Hikmatulla Mayvandi oʻzining videomurojaatida Oʻzbekiston oʻz elektr tarmoqlaridagi muammolar tufayli Qobul oldidagi shartnoma majburiyatlarini vaqtincha bajara olmaganini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) – mustaqil va avtonom kompaniya boʻlib, Afgʻonistonning “Korporatsiyalar va cheklangan javobgarlik toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq tashkil etilgan. DABS masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlib, barcha aksiyalari Afgʻoniston hukumatiga tegishli.
Kompaniya 2008-yil 4-mayda tashkil etilgan. DABS butun Afgʻoniston boʻylab elektr energiyasini ishlab chiqarish, import qilish, uzatish va taqsimlashni tijorat asosida boshqaradi.
Izohlar 1
Иван Васильевич
2022-Dec-14 01:32Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir