So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tabiatga zarar qariyb 35 milliard: Chirchiq daryosidan katta miqdorda qum-shagʻal qazilayotgani aniqlandi
Toshkent shahri, Bektemir tumanidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosi hududida olib borilgan nazorat tadbiri davomida daryoning qirgʻogʻidagi muhofaza mintaqasida (damba) 1 dona ekskavator va 2 dona “CHAKMAN” rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida qum-shagʻal mahsulotlarini qazib olinib, ushbu hududda joylashgan tosh maydalash va qayta ishlash sexiga tashib ketilayotganligi aniqlandi.
Bu Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida maʼlum boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, Ekologiya vazirligi huzuridagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda qum-shagʻal mahsulotlari qazilgan joyda oʻlchov ishlari olib borilgan. Natijada jami 57 833,53 m3 qum-shagʻal mahsuloti noqonuniy qazib olingani, bu bilan tabiatga 34 milliard 718 million 624 ming 729 soʻm zarar yetkazilganligi oydinlashgan.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, bu holatda Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni 18-moddasi hamda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonuni 18-moddasi talablari buzilgan.
Holatga huquqiy baho berish, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish va tabiatga yetkazilgan zararni undirishda maqsadida toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroraturasiga yuborilgan.