Qidirish

17:54 / 2023-11-23 2962 0 Siyosat

Sardor Umrzoqov nega ishdan olingan edi?

Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzoqov 1994-yilda Buyuk Britaniyada roʻyxatdan oʻtgan Uzbekinvest International Insurance Company Limitedʻning direktorlar kengashiga rais ekani maʼlum boʻldi.

world-news

Mazkur sugʻurta kompaniyasining ustav fondi 50 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Kompaniya saytidagi maʼlumotlarga koʻra, unga 100 foiz ulush bilan “Oʻzbekinvest” EISK AJ egalik qiladi.

Ochiq maʼlumotlarga koʻra, 2018-yildan buyon mazkur xalqaro sugʻurta kompaniyasi direktorlar kengashiga Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzoqov raislik qilib kelgan. (U katta ehtimol bilan aynan yuqoridagi sabablarga koʻra administratsiya rahbarligidan boʻshatilgan)

Bundan tashqari, kompaniyaning tashqi aktivlar boʻyicha rahbari sifatida Strategik islohotlar agentligining sobiq direktori Shuhrat Vafayev koʻrsatilgan. Vafayev ham yaqindagi Prezident farmoni bilan SIA direktorligidan ozod etilgan.

Umrzoqov esa Strategik islohotlar agentligining kengashining rais oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Yangi farmon bilan S.Umrzoqov ham agentlik tarkibidan chiqarib yuborilgan.

Vafayev Shuhrat 2019-2022-yillar Umrzoqov rahbarligida boʻlgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Esalatib oʻtamiz, joriy yilning 17-avgust kuni Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan kutilmaganda ishdan boʻshatilgan Umrzoqov Oʻzbekiston prezidentining maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani aytiladi. U jamoatchilikka shundan soʻng deyarli koʻrinish bergani yoʻq.

S.Umrzoqovga qoʻshilib, keyinchalik uning deyarli toʻliq jamoasi ham ishdan olingan. Jumladan, Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi Sunnatilla Bekenov,

Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri Furqat Rahimov lavozimidan ozod etilgan.

Yaqin kunlarda esa Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlagan Aziz Voitovga ham chiqish eshiklari koʻrsatilgan.

Hozirda faqatgina Umrzoqov jamoasidagi kadrlardan biri – Laziz Qudratov Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish