So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Toshkentda mast holatdagi ona qizini oʻlasi qilib kaltakladi. Ayol onalik huquqidan mahrum qilinish arafasida
Ijtimoiy tarmoqlarda gul doʻkoniga kirib gul soʻragan vaqtida onasi V.A. mast xolatda kizi V.I.ni haqoratlab, urgani boʻyicha videoxabarlari tarqaldi.
Bolalar ombudsmani doʻkonda onasi tomonidan kaltaklangan qiz holati boʻyicha munosabat bildirdi. Aniqlanishicha, holat Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan doʻkonda yuz bergan. Shu yerda boʻlgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan.
Mazkur holat darhol Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. Hozirda Ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani:
Onasining bunday zoʻravonligidan jabr koʻrgan qizcha Toshkent shahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Davlat har qanday bolaga nisbatan bunday yoʻl quyib boʻlmaydigan muomilaga murosasiz va bola manfaati ustunligini taʼminlaydi.