So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston Turkmanistondan qoʻshimcha gaz sotib olish boʻyicha bitim tuzdi — Manba
Prezident Administratsiya rahbari Serdar Berdimuhamedov qabulida boʻldi.
Kecha, 12-dekabr kuni Prezident Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov Turkmanistonga tashrif buyurib, prezident Serdar Berdimuhamedov qabulida boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Umurzoqov Berdimuhamedovga Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro betaraflik kuni munosabati bilan samimiy salomi, ezgu tilaklari va tabriklarini yetkazgan.
Bundan tashqari Umurzoqov Ashxobodga tashrifi chogʻida Oʻzbekistonga qoʻshimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) berish boʻyicha kelishuvga erishdi va shartnoma imzolandi.
Shuningdek, uchrashuvda Turkmaniston rahbari va uning mehmoni soʻnggi yillarda oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini alohida taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov daxlsiz doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari bilan mustahkamlangan strategik davlatlararo hamkorlik bundan buyon ham muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirdilar.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir