Qidirish

14:48 / 2023-11-21 570 0 Hodisalar

“Oʻgʻlimga onasi oʻlganini qanday aytaman?” — Toshkentda tugʻruqxonadan 7 oylik homilador ayolning oʻligi chiqdi

world-news

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahridagi tugʻruqxonadan 7 oylik homilador ayolning oʻligi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda marhumaning turmush oʻrtogʻi maʼlum qildi.

Unga koʻra, erkak rafiqasini joriy yilning 13-noyabr kuni soat 07:30da Yangiyoʻl shahrida joylashgan shifoxonaga UTTdan (ultratovush tekshiruvi) oʻtkazish uchun olib borgan.

Tekshiruv natijasi ijobiy chiqqaniga qaramasdan, shifokorlar qorin boʻshligʻidagi ogʻriqlar pasayishi uchun ayolni shifoxonaga yotqizish kerakligini aytib, 3-4 kunda sogʻayib ketishini aytishgan. Ammo...

Oʻsha kuni kechqurun farzandim va onamni olib, koʻrgani bordik. Shifoxonadan oʻz oyogʻi bilan yurib chiqdi. Kechki payt soat 10:00da telefon qildi, operatsiyaga dori kerak dedi. Borib olib keldim. Oshqozonini yuvamiz deyishdi.

Shundan soʻng yarim soatdan keyin yuragi toʻxtagan. Oʻsha paytda ham menga dori yozib berishdi. Bir ogʻiz aytishmabdi. Meni hammasi yaxshi deb aldab oʻtirishgan.

Onaning yuragi toʻxtaganda ham kislorod qoladiyu, bolani saqlab qolsa boʻlardiku, — dedi marhumaning turmush oʻrtogʻi.

Murojaatchi erkak ayoli vafot etgach, shifokorlar undan uzr soʻramaganini aytib, ularning ustidan Prezidentga arz qildi.

Bularga qattiq chora koʻrish kerak. Kerak boʻlsa, qamash lozim. Oʻgʻlim ertaga onam qani deganda, javob berolmayman. Onam kuyyapti, oʻgʻlim kuyyapti. Morgdan toʻgʻri oldim va olib borib qoʻydim. Doktorlar uzr ham demadi. Bandachilik ham demadi, — deydi erkak.

Mazkur voqea yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

Joriy yilning 14-noyabr kuni soat taxminan 08.35 da 31 haftalik xomilador ayol Q.M.ni homila tushishi xavfi bilan Yangiyoʻl shahar tugʻruq boʻlimiga olib kelingan. Ayolga davolash standartlari asosida barcha muolajalar tashkil qilingan.

Shu kuni 22:00 larda Q.M.ning ahvoli birdaniga yomonlashgan. Q.M.ga barcha reanimatsion choralar koʻrilishiga qaramay 23:20 da biologik oʻlim holati yuzaga kelgan. Bu haqda huquq tartibot idoralariga tezkor xabarnoma joʻnatilgan.

Shu ondayoq sud tibbiy ekspertizasi tekshiruvi oʻtkazilib, oʻlimga olib kelgan sabab sifatida taloq arteriya va venalarining yorilishi, ichak tutqichi qon tomirlarining spontan yorilishi, ichki qon ketishi ekanligi aniqlangan

Izohlar 0

Fikr bildirish