So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Milliy gvardiya xodimlariga “maxsus tayoqlar”dan foydalanish huquqi beriladi
“Milliy gvardiya toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi eʼlon qilindi.
Loyihada quyidagilar belgilanmoqda:
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifalari 12 tadan 9 taga tizimlashtirilib, yangi tahrirda bayon etilmoqda (shu jumladan, amaldagi 7 ta vazifa – 3 taga birlashtirilmoqda);
- Milliy gvardiyaning boshqa davlat organi vakolatiga kiradigan 2 ta huquqlari (axborotlashtirish texnika vositalarini hamda axborotni texnik jihatdan himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirishga) chiqarilmoqda;
- Qonuning “Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi” nomli moddasi jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) fuqaroga murojaat etganida “oʻzini tanishtirish tartibi” bilan toʻldirilmoqda;
- Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari maxsus vositalarni qoʻllashda “rezina tayoqlar” bilan birgalikda “maxsus tayoqlar”dan ham foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.
Teleskopik tayoqlarni shaxsiy tarkib xizmati mobaynida yigʻilgan holatda olib yurish imkoniyatiga ega boʻlib, metalldan tayyorlangani sababli, faol qarshilik koʻrsatgan tartibbuzarlarni “boʻysundirish”, “kuzatib olib ketish”, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish, xizmat otlarida turib foydalanish uchun qulay hisoblanadi hamda undan, zarurat boʻlganda, “transport vositalarining oynasini sindirishda” ham foydalanish mumkin, deyiladi loyihada.