So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryo hokimi masʼuliyatsiz amaldorlarni jazoladi
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Prezidentning joriy yil 24-25-oktyabr kunlari viloyatga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish va bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Taʼkidlanishicha, viloyatda joriy yilda 26 ta loyiha doirasida qiymati 1,1 trln. soʻmlik import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda ammo, bu talabning qondirish borasida juda past koʻrsatkich boʻlib kelmoqda.
Bu yoʻnalishda viloyatning Mirishkor, Kasbi, Chiroqchi, Nishon tumanlarida 2022-2023-yillarda birorta ham yangi loyihalar amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmagan.
Bundan tashqari, kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish, loyihalarni moliyalashtirish hamda muammoli kreditlarni undirish masalalari ham tanqidiy muhokama qilinib, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan Nishon, Shahrisabz, Qarshi, Qamashi Yakkabogʻ, Mirishkor, Koson, Gʻuzor tumanlari hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hamda Muborak, Mirishkor, Koʻkdala, Gʻuzor, Dehqonobod, Nishon va Kasbi tumanlari hokimlarining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari Agrobank, Xalq bank, Turon bank viloyat filiallari tomonidan olib borilgan ishlar qoniqarsiz deb topildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlari va aholi turar-joylarini tayyorgarligi, hududiy investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, eksport masalalari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari, mahalla va qabristonlar obodligi, joylarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etilishi kabi bir qator masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi va kun tartibidagi masalalar boʻyicha kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga tegishli tartibda choralar qoʻllanilishi qayd etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir