So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Amerika orzusi” sarobga aylandi. Meksika orqali AQSHga kirishga uringan oʻzbekistonliklar mamlakatga kiritilmaydi
Joriy yilning 20-noyabridan boshlab Meksika orqali AQSHga kirishga uringan oʻzbekistonliklar Amerikaga kiritilmaydi. Bu haqda Spot.uz internet-nashri AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasiga tayanib xabar bermoqda.
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Davlat departamentining xabar berishicha, endilikda AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy kirayotgan oʻzbekistonliklar AQSHga qoʻyib yuborilmaydi, buning oʻrniga ular bilan bogʻliq immigratsiya ishi hal qilingungacha hibsda saqlanadi.
AQSHda qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan oʻzbekistonliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi boʻyicha mamlakat hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.
Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmat.
Shundan kelib chiqib, kontrabandachilarning yolgʻon vaʼdalariga uchmaslik, AQSHga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalanish kerakligi taʼkidlangan.
“AQSH chegarasini noqonuniy kesib oʻtganlar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila aʼzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Qoʻshma Shtatlar xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda AQSHda qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi boʻlmaganlarni immigratsiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi.
Oktyabr oyida AQSH prezidenti maʼmuriyati Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo bir qancha davlatlarni Markaziy Osiyoning ayrim davlatlaridan kelga