So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Sangardak mahallasiga yangi – “Turizm mahallasi” maqomi berildi
Sariosiyodagi Sangardak mahallasi endilikda turizm mahallasi deya yuritiladigan boʻldi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu jumladan joriy yilning 14-noyabr kuni “Sangardak” mahallasga “Turizm mahallasi” maqomi berilishi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazilgan.
Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev, Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari J.Toʻrayev, Termiz shahri va Sariosiyo tumani hokimlari hamda keng jamogatchilik vakillari ishtirok etgan.
«Prezident tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va yaqin qoʻshnichilik siyosati, qolaversa, mamlakatda turistlar uchun infratuzilma yaratilishi, turizm tashrif obyektlari obodonlashtirilishi, transport-logistika tizimini yaxshilanishi, viza rejimini liberallashuvi turizm sohasini rivojiga asos boʻldi. Natijada Oʻzbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni ikki barobar koʻpaydi. Turizm eksportidan tushayotgan daromad 4 barobar oʻsdi.
Misol uchun, joriy yilning 10 oyi davomida 5,5 mln nafar xorij fuqarolari Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun tanladi va 1,8 mlrd. dollarlik turizm xizmatlari eksport qilindi. Sayyohlar sonini oshirish hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida, “Sangardak” mahallasi infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha mahallaga olib boruvchi 15 km ichki yoʻl taʼmirlandi, 30 ta tungi yoritish chiroqlari, 2 ta piyodalar koʻprigi, 5 ta selfi hudud, 2 ta sanitariya-gigiena shoxobchasi, 4 ta atraksionlar va koʻngil ochar maskanlar, “Sangardak” mahallasining ramziy kirish stellosi, 1 ta turistik axborot markazi qurib bitkazilib foydalanishga shay holatga keltirildi.
“Sangardak” mahallasining gastronomik va ekoturizm imkoniyatlari aniqlanib mazkur yoʻnalishda turizm xizmatlarini tashkil etish boʻyicha aholi orasida 18 marotaba targʻibot ishlari amalga oshirildi hamda milliy taomlar tayyorlovchi gastroxonadonlar roʻyxati shakllantirildi», degan Qoʻmita raisi U.Shodiyev tadbirdagi nutqida.
“Sangardak” mahallasining “Turizm mahallasi” maqomiga ega boʻlishi yoʻlida 23 ta oilaviy mehmon uyi, hamda 2 ta sanatoriylar (sogʻlomlashtirish) va 17 turdagi turizm xizmatlari tashkil etilib, 250 ga yaqin aholi, xotin-qizlar doimiy ish oʻrinlariga ega boʻlgan.
Bugungi kunda qishloqda 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari mavjud. “Sangardak” mahallasiga Xitoy, Pokiston, Hindiston, Belarussiya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi muntazam ravishda kuzatilgan boʻlsa qoʻshni Tojikiston Respublikasidan sayyohlar soni ikki karraga oshgan.
Jumladan, 2023-yil davomida 360 ming nafar mahalliy, 87,5 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. “Sangardak” mahallasida mavjud 6 ta madaniy meros obyektlari va diqqatga sazovor joylar, 2 ta ziyoratgohlar, 20 ta tabiat manzaralari (togʻ, suv, buloq) hududlarlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 18 ta turizmga ixtisoslashgan obyektlar turizm marshrutiga kiritilgan.
Maʼlumot uchun, ushbu mahalla Sariosiyo tumani markazidan qariyb 52 km uzoqlikdagi soʻlim goʻsha dengiz sathidan 2000 metr balandlikda togʻlar orasida joylashgan. Aholisi 3666 ming boʻlib oʻzbek va tojik millatidan tashkil topgan. Sangardak mahallasida 4 ta qishloq mavjud boʻlib, asosiy daromadi bogʻdorchiliq, chorvachilikdan, yoz va kuz oylarida dam oluvchilarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatishdan iborat.
Xonadonlarda mavjud salohiyatlardan foydalangan holda 15 turdagi turizm xizmatlari tashkil etilgan. Jumladan, 2 ta quroqchilik, 2 ta gilam toʻqish, 3 ta echki sutidan tayyorlangan qurt va sut mahsulotlari savdosi va ularning tayyorlanish jarayoni, 2 ta hoʻl meva va baliq (forel) savdosi va baliq mahsulotlari tayyorlash boʻyicha master klass, milliy taomlar tayyorlovchi 23 ta gastroxonadonlar, 1 ta muzey, 20 ta ekskursiya xizmati, 10 ta otda sayr, 10 ta basseyn xizmati, 3 ta milliy kuy qoʻshiqlar kuylash, 1 ta kashtachilik, agroturizm xizmatlari (sigir va echki sogʻish), non yopish boʻyicha master klass, turizm axborot markazi, suvenir mahsulotlari savdosi xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.
Kelgusida “Sangardak” turizm mahallasida joy sonini oshirish, yangi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish va ekstremal turizmni rivojlantirish (togʻlarda dor yoʻllari) va bu orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini yanada koʻpaytirish maqsad qilingan.