So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Men sizlardan soʻrab koʻchaga kirmayman” — Prezident mutasaddilarni tanqid qildi
Президент бугунги кундаги вазиятни телевизорда кўрган бошқа, ижтимоий тармоқлар орқали кўрган бошқа, жонли кўрган бошқалигини айтди
Bugun, 13-dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib koʻrdi.
Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu majmua 1969-yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta koʻp qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi.

Soʻnggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy taʼsir qilmoqda. Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan.
Issiqlikni uzatishda yoʻqotishlar bor. Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilingan. Davlat rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini taʼkidladi.

Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qoʻshimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi maʼqullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib koʻrdi. Aholi xonadonlarida boʻlib, turmush sharoitlari, issiqlik taʼminoti bilan qiziqdi.
Shundan soʻng, Mirziyoyev tuman faollari va mutasaddilar bilan uchrashdi.

“Men bugun bular koʻrsatgan joydan yurmadim. Men sizlardan soʻrab koʻchaga kirmayman. Bugun kirgan joyimda tartibni koʻrmadim. Nahotki shularni shuncha tashkilot koʻrmasa?! Qorlar vaqtida kuralmagan. Shu qadar muzlamaki, keksalar, yosh bolalar yursa, yiqilib jarohat oladi. Rahbarlar qayoqqa qarayapti, qani izlanish?

Albatta, Uchtepa katta tuman. Deyarli 300 ming aholisi bor. Shuning uchun men bosh vazirni qayta-qayta bu tumanga joʻnatyapman. Agar biz muammolar bilan ishlamasak, yoshlar bilan shugʻullanmasak, ertaga bizning yoshlarimiz bilan boshqalar shugʻullanadi.
Yaxshi boʻlish uchun tinimsiz ishlash kerak. Yuz marta qilingan yaxshi ishlarni bitta yomonlik, bitta muammo yuvib ketishi mumkin. Shuning uchun biz erta tongdan turib yengni shimarib ishlashimiz kerak”, - dedi prezident.
Izohlar 1
Иван Васильевич
2022-Dec-13 23:54Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir