So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Samarqandda metan “zapravka” masʼullari 2 mlrd soʻmlik gazni “oʻgʻirlagani” aniqlandi

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda, deya xabar bermoqda Prokuratura departamenti matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan.
Mazkur tekshiruvda “S.” MCHJ masʼul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir oʻtkazib, jami 2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy boʻlimi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli toʻyxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJga qarashli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sexidagi gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan tamgʻani buzib, jami 236,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



