So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bachadon boʻyni saratoni kasalligi – global muammo va Oʻzbekiston ham bundan chetda qolmagan” — Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bachadon boʻyni saratoni kasaligiga qarshi milliy dastur yaratilayotganini maʼlum qilib, barchani ushbu kasallik haqida bilimlarini oshirishga undadi.
“Bachadon boʻyni saratoni kasalligi – global muammo va Oʻzbekiston ham bundan chetda qolmagan. Ushbu kasallik bilan kurashishda chala-chulpa harakatlar hech qanday natija bermaydi.
Bugun – Bachadon boʻyni saratoniga qarshi harakatlar kunida Oʻzbekistonning ushbu kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish boʻyicha intilishlarini yana bir bor taʼkidlashni istardim. BMT Global qoʻshma dasturi yordamida biz yurtimizdagi har bir ayolning salomatligini asrash uchun jiddiy harakat qilishimiz lozim. Tashxis qoʻyish, davolash va palliativ yordam koʻrsatishga qodir barqaror sogʻliqni saqlash tizimini yaratishimiz kerak.
Ijtimoiy sohaga masʼul jamoamiz bilan yangi milliy dasturni yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Nihoyat, yurtimizning har bir burchagidagi ayollarga tashxis qoʻyish va davolash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Men bu dardning oldini olish, oʻz vaqtida davolash uchun barchani ushbu kasallik haqida oʻz bilimlarini oshirishga chaqiraman.
Saʼy-harakatlarimiz xalqaro hamkorlarimizning beqiyos madadidan kuch olmoqda. Birgalikda biz bu baloni yengamiz!”, — deb yozdi Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir