So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Sen iflosni deb, 11 oydan beri mana shu yerda oʻtiribman” — Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, “Dok-1 Maks” ishi boʻyicha sudlanuvchi maqomiga ega boʻlib turgan S.K. sudda ochiqdagi hamkasbiga jinoyat ishi ochilishini soʻradi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, “Dok-1 Maks” ishi boʻyicha sudlanuvchi maqomiga ega boʻlib turgan S.K. sudda ochiqdagi hamkasbiga jinoyat ishi ochilishini soʻradi.
Daryo.uz jurnalistining maʼlum qilishicha, “Dok-1 Maks” ishini koʻrib chiqayotgan sud 15-noyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida 2023-yilning 20-fevralidan yaqin kunlargacha Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga rahbarlik qilib kelgan Ulugʻbek Egamovni soʻroq qildi.
Sudlanuvchi sobiq rahbarning aytishicha, u “Dok-1 Maks” ishi avvalidagi tergovda unga birinchi oʻrinbosar boʻlgan Ulugʻbek Egamovning barcha kirdikorlaridan xabar topgan.
"Sen “zam” boʻlib kelganingdan keyin agentlikda barcha qilgʻiliqlar boshlangan ekan. Men buni tergov paytida bildim, shu paytgacha koʻzim koʻr boʻlib, bilmay yurgan ekanman. Bu zam boʻlib, yaxshi ishlayapti deb yurgan ekanman. Lekin seni deb, men hozir shu yerda oʻtiribman", — dedi sudlanuvchi S.K. ochiqdagi hamkasbi Ulugʻbek Egamovga murojaat qilar ekan.
Sudlanuvchining aytishicha, tergov paytida u Hindistonning “Quramax” dorisini (33 ming dollar pora evaziga inspeksion tekshiruvdan olib tashlangan dori vositasi) inspeksion tekshiruvdan olib tashlash boʻyicha agenlikdan topshiriq boʻlgan. Bu ish esa S.K. nomidan Ulugʻbek Egamov topshirigʻiga koʻra qilingan.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, sudlanuvchi S.K. sudga guvoh sifatida chaqirilgan Ulugʻbek Egamovga yuzlanib, “Quramax" dorisini inspeksion tekshiruvdan olib tashlash boʻyicha menga murojaat qilganmiding”, dedi.
Guvoh Ulugʻbek Egamov savolga javoban bu boʻyicha unga murojaat qilmaganini bildirdi. Shundan soʻng sudlanuvchi guvohdan dorini inspeksion tekshiruvdan olib tashlash uchun olingan 33 ming dollarning qancha qismi unga tekkanini soʻradi. Guvoh bu pullarni koʻrmaganini maʼlum qildi.
"Sen iflosni deb, 11 oydan beri mana shu yerda oʻtiribman. Sud binosidan chiqib ketayotganingda oila aʼzolarimning koʻziga qarab oʻtib ketgin", — dedi sudlanuvchi S.K.
Sudlanuvchining guvohni iflos deb ataganiga eʼtiroz bildirgan sudya buning uchun javobgarlik borligini eslatdi va sudlanuvchiga sud unga nisbatan chora koʻrishiga majbur qilmaslikni soʻradi.
Sudlanuvchi S.K. esa Ulugʻbek Egamovni iflos deb atagani uchun javobgarlikka tayyorligini aytib, guvohni yana bir bor iflos deb atadi.
Sudda shuningdek, yana toʻrt nafar sobiq mansabdor sudlanuvchi Ulugʻbek Egamov agentlikka ishga oʻtgan kunidan boshlab, xodimlarga inspeksion tekshiruvga tushgan dorini tekshiruvdan olib tashla, qoʻy, qil, tezlashtir degan topshiriqlar koʻpayganini maʼlum qildi. Sudlanuvchilar, jumladan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K.ning aytishicha, Ulugʻbek Egamovga nisbatan ham jinoyat ishi ochilishi kerak.
Sudning avvalgi majlislarida hindistonlik tadbirkor oʻziga tegishli korxonaga inspeksion tekshiruv tushishining oldini olish, shuningdek, Oʻzbekiston hududiga “Dok-1 Maks” siropi kabi yana bir talabga javob bermaydigan Kuramaks dorisiga ruxsat olishga uringanini aytib, agentlikning sobiq xodimiga 33 ming dollar berganini tan olgandi. Sudlanuvchi S.K.ning sudda qoʻshimcha qilishicha, oʻsha 33 ming dollar Ulugʻbek Egamovga yetib borgan. Va u bu pullardan ulush ham olgan. Tergovda unga maʼlum boʻlgani shu. Sir boʻlib qolayotgan kirdikorlar ham boʻlishi mumkin.




Izohlar 1
