So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Etil spirtini milliardlarga pullagan MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi ochildi
Antiseptik ishlab chiqarish uchun xarid qilingan etil spirtini sotib yuborgan MCHJ rahbarlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Prokuratura departamenti matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, “M.T.” MCHJ masʼul shaxslari antiseptik va losyon ishlab chiqarish uchun etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalardan xarid qilingan 19,4 mlrd soʻmlik 1 153 tonna etil spirtidan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarmasdan, hujjatlarga goʻyoki antiseptik va losyon mahsulotlari sotilganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, etil spirtini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborgan.
Shu kabi, “M.W.” MCHJ masʼul shaxslari etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalardan antiseptik ishlab chiqarish uchun xarid qilgan 8,9 mlrd soʻmlik 402,6 tonna etil spirtini sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.