So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
MB 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi
Oʻzbekistondagi tijorat banklarining joylardagi filiallarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha 16 ta bank jarimaga tortildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasida 2023-yilning oktyabr oyida toʻlov tashkilotlari va banklar faoliyatining qonunchilik talablariga mosligi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xatarlarni boshqarishga doir talablarga hamda prudensial meʼyorlarga rioya etilishi, shuningdek, ularda oʻtkazilgan tekshiruv natijalarida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.
Xususan, Markaziy bank koʻrsatmalariga amal qilmagani va yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlamagani sababli 1 ta tijorat bankiga ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga cheklov oʻrnatildi, 1 ta toʻlov tashkilotining litsenziyasini amal qilish muddati 10 ish kuniga toʻxtatildi hamda 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklar uchun chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirilib, tijorat banklarining joylardagi filiallarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qoʻllanildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir