Qidirish

09:35 / 2023-11-17 661 0 Siyosat

“Isroil egallab olgan yerlarini asl egasiga qaytarib berishi kerak” — Emina Erdogʻan

world-news

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning rafiqasi Emina Erdogʻan Xonim “Falastin uchun bir yurak” yigʻilishida nutq soʻzladi.

Turkiyaning birinchi xonimi oʻz nutqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5 doimiy aʼzosiga bir nechta savollar bilan yuzlandi.

"Isroil davlati hamda dunyoda tinchlik va tartib oʻrnatish uchun masʼul boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5 doimiy aʼzosidan soʻramoqchiman; Ushbu shafqatsizlikni toʻxtatish uchun qanchalik darajada muhim oʻlim boʻlishini kutmoqdasiz?

Vijdoni kar boʻlib, jim turgan xalqaro hamjamiyatdan soʻramoqchiman; Bu 40 kunlik sharmandalik davrdan keyin siz qaysi huquq bilan dunyodagi tinchlik va adolatni, insoniyatning umuminsoniy qadriyatlarini himoya qilmoqchisiz?

Charlie Hebdo jurnalida halok boʻlganlarning huquqlarini himoya qilish uchun saf tortgan va oʻsha fotosuratga katta ishtiyoq bilan suratga tushgan jahon yetakchilarining Gʻazodagi begunoh xalqqa nisbatan sukunatidan qanday maʼno chiqarishimiz kerak?

Inson huquqlari deklaratsiyasida va koʻplab xalqaro shartnomalarda huquqlari himoyalangan “inson” taʼrifi faqatgina Gʻarb tomonidan belgilangan chegaralardagilarni qamrab olmoqdami?”, — deb savolini bayon qildi Emina Erdogʻan.

Oʻz nutqi davomida Turkiya prezidentining rafiqasi Isroilni Falastin hududida oʻtkazayotgan harbiy operatsiyalarini qoralab, tinch aholi istiqomat qilayotgan uylarni bombardimon qilishni toʻxtatishga chaqirdi.

Biz bir hayotni boshqasidan ajratadigan hamda oʻziga tegishli boʻlmagan hamma narsani qadrsizlantiradigan bu zulmatga taslim boʻlmaymiz.

Biz tili, dini, irqi, rangidan qatʼi nazar, insonni rahm-shafqat bilan qamrab olgan va ularni tabiatan qadrli deb bilgan global tushunchani himoya qilamiz.

Biz begunoh insonlar, qochqinlar, ayollar va bolalarni, bir soʻz bilan aytganda, odamlarni qayerdan kelganiga qarab baholaydigan kamsituvchi mentalitetga toabad qarshi turamiz.

Gʻazoliklar va xalqaro matbuot xodimlari, sogʻliqni saqlash xodimlari, gumanitar yordam xodimlari, ularni himoya qilish uchun masʼul boʻlgan xalqaro hamjamiyat muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramasdan, insoniyat uchun oʻz hayotlari evaziga qoʻriqlayotgan boʻlsalarda, biz ham sulh eʼlon qilinguniga qadar qayerda boʻlishimizdan qatʼiy nazar, keling, ular uchun turgan joyimizdan, qoʻlimizda mavjud bor imkon va vositalar bilan ularga yordamchi boʻlaylik.

Hammamiz birgalikda, yangi jamoat maydoniga aylangan ijtimoiy tarmoqlarda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish, tinchlik va insonparvarlik yordamiga chaqiruvimizni davom ettiraylik.

Biz falastinlik bolalar va yoshlarga oʻlish yoki oʻldirilishdan boshqa insoniy qadr-qimmatga loyiq kelajak qarzdormiz.

Shuning uchun endi ikki davlat tomoniga ham vaʼda qilingan yechim, hududiy yaxlitligi saqlanib qolgan, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan toʻliq mustaqil Falastin davlatini oʻz ichiga olgan uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan tinchlikni oʻrnatish vaqti keldi.

Mintaqa va hatto dunyoning tinchligi va osoyishtaligi uchun Falastinning sababsiz ishgʻoliga chek qoʻyilishi va Isroil egallab olgan yerlarini asl egasi falastinliklarga qaytarib berishi kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom Hamkorlik Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar huzurida Isroil tomonidan vayron qilingan maktablar, bogʻlar va kasalxonalarni tiklash uchun jamgʻarma tashkil etilishi kerak”, — dedi u.

Izohlar 0

Fikr bildirish