So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Isroil “Al-Shifo” kasalxonasida HAMASga qarshi operatsiya boshladi

Isroil qurolli kuchlari Gʻazo sektoridagi “Al-Shifo” kasalxonasida HAMASga qarshi harbiy operatsiya oʻtkazishini eʼlon qildi. Bu haqda Isroil tashkiloti X (Twitter — tahr.)dagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.
“Isroil qurolli kuchlari Gʻazoda HAMASni magʻlub etish va garovga olinganlarni qutqarish uchun quruqlik operatsiyasini oʻtkazmoqda.
Isroil Gʻazodagi tinch aholi bilan emas, HAMAS bilan urishmoqda. Mudofaa kuchlari tarkibida tibbiy guruh va Arab tilida soʻzlashuvchilar bor.
Ular HAMAS tomonidan tirik qalqon sifatida foydalanilayotgan tinch aholiga hech qanday zarar yetkazmaslik maqsadida ushbu murakkab va nozik muhitga kirish uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan.
Soʻnggi haftalarda Isroil mudofaa kuchlari HAMASni “Al-Shifo” kasalxonasidan harbiy maqsadlarda foydalanishda davom etishi binoning xalqaro huquq boʻyicha himoyalangan maqomini xavf ostiga qoʻyishi haqida ogohlantirdi va kasalxonani noqonuniy suiisteʼmol qilishni toʻxtatish uchun yetarli vaqt berdi”, — deyiladi bayonotda.
HAMAS harakati esa Isroilning Gʻazo sektoridagi “Al-Shifo” kasalxonasiga bostirib kirishini “harbiy jinoyat”va “insoniyatga qarshi jinoyat” deb atadi.
Bayonotda aytilishicha, reyd qorongʻulik ostida oʻtkazilganda shifoxonada 9 mingga yaqin odam – bemorlar, tibbiyot xodimlari va koʻchirilganlar boʻlgan.
HAMAS yetakchilaridan biri Isroil harbiy nishonga emas, balki tinch aholiga hujum qilganini daʼvo qilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, “Al-Shifo” shifoxonasi Gʻazo sektoridagi eng yirik va markaziy tibbiyot majmuasidir. Hozirda urush sabab majmuada bemorlarni joylashtirishga deyarli boʻsh oʻrinlar qolmagan.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida Xamasga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi.



