So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiya “XXI asr Gitleri”ning ustidan Xalqaro jinoiy sudga ariza berdi
Anqara Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Gʻazo sektoridagi genotsidda ayblab, Xalqaro jinoiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi, deya xabar berdi Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi advokati Metin Kulunk X ijtimoiy tarmogʻida.
“Bugun biz Turkiya Respublikasi fuqarolarining vijdonini ifodalagan holda, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga XXI asr Gitleri – Isroil Bosh vaziri Netanyaxuga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qildik”, - deb yozgan advokat.

U daʼvoning birinchi sahifasini eʼlon qilib, u 23 sahifadan iboratligi va Xalqaro jinoiy sudga yuborilishini taʼkidladi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Erdogʻan Anqara Isroilni “harbiy jinoyatchi” deb eʼlon qilish ustida ish olib borayotganini aytgandi. U Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni endi suhbatdosh deb hisoblamasligi, biroq Turkiya razvedka xizmati rahbari Isroil bilan aloqalarni davom ettirayotganini taʼkidlagandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir