So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Samarqandda 9 nafar Tibbiyot birlashmalari rahbarlari noqonuniy buyruqlari uchun jarimaga tortildi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan viloyatdagi sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarida xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish holati monitoring qilindi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, monitoring davomida 11 ta tuman tibbiyot birlashmalarida 22 ta holatda mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlovlarsiz hamda tanlov gʻolibi aniqlangunga qadar “v.b.” sifatida xodimlarini ishga olish holatlari aniqlangan.
Monitoring natijasi boʻyicha Bulungʻur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Toyloq, Samarqand tumanlari va Samarqand shahar Tibbiyot birlashmalarining 9 nafar rahbar xodimlari jami 23 mln. 100 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarimaga tortilgan.
Shuningdek, noqonuniy ishga qabul qilinganlar boʻyicha 22 ta buyruq bekor qilinib, tashkilotlarning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimlari boshliqlariga intizomiy chora qoʻllash uchun viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.



