So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Isroilning asl maqsadi fosh boʻldi
Isroil Gʻazoning Misr bilan chegarasini nazorat qilishni va sektor xavfsizligi uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olishni istaydi, dedi amerikalik jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh oʻz manbalariga tayanib.
Hershning soʻzlariga koʻra, Gʻazo ham Gʻarbiy Sohildagi hududlar kabi nazorat qilinishi rejalashtirilgan, buning xavfsizligi uchun Isroil masʼuldir.
Subsrackʼda eʼlon qilingan maqolada Xersh Isroil Gʻazoga va undan tashqariga odamlarning oʻtishini, shuningdek, Misr ilgari nazorat qilgan chegarani nazorat qilmoqchi ekanligini yozgan.
“Maqsad - Gʻazodagi kontrabandani nazorat qilish, ammo bu mintaqa aholisi tomonidan qilinmasligi kerak. Fath yoshlar harakatining sobiq rahbari Muhammad Dahlan Falastin maʼmuriyatining yangi rahbari lavozimiga koʻrilmoqda, isroilliklar uning ismini qoʻllab-quvvatlamoqda”, - dedi Xersh.
Jurnalistning aytishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatga tashrif buyurgan yuqori martabali amerikaliklarga quloq solmaydi.
“Vashingtonda hokimiyat boʻshligʻi mavjud, jarayonni hech kim boshqarayotgani yoʻq... Ularning qilgani faqat qayta saylanishdir. Bu qoʻrqinchli va uyatli. Shu bilan birga Netanyaxu HAMASni butunlay yoʻq qilishni maqsad qilgani”, - deb qoʻshimcha qildi Hersh
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir