So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Erdogʻan BMT va xalqaro tashkilotlarni tanqid qildi
Isroil armiyasining Gʻazo sektorida tinch aholini qirgʻin qilishiga BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar jim qarab turishibdi, dedi Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan.
“Musulmonlar oʻldirilganda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar samarasiz va koʻr ekaniga yana bir bor guvoh boʻldik. Xalqaro hamjamiyat Gʻazodagi qirgʻinlarga qarshi chora koʻrishi kerak. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashi yana faol emasligini koʻryapmiz”, — dedi Turkiya rahbari.
U, shuningdek, Isroil-Falastin mojarosida AQSHning pozitsiyasini tanqid qildi.
“Agar Bayden “Gʻazo falastinliklar yeri emas, balki uni bosib olgan Isroil yeridir” degan yondashuvni qoʻllasa, kelishuvga erisha olmaymiz”, - dedi u.
Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun telefon diplomatiyasini faollashtirish niyatida ekanini qoʻshimcha qildi. U, Turkiya muammoni hal qilish uchun eng mos takliflarni taklif qilayotgan davlat ekanini taʼkidladi.
“Turkiya mintaqadagi inqiroz va muammolarni hal qilishda muhim davlatdir”, dedi Turkiya prezidenti.
Soʻzining oxirida Erdogʻan yana bir bor Falastinning XAMAS harakati terrorchi tashkilot emas, balki oʻz yerlarini himoya qilishga bor kuchi bilan harakat qilayotgan va vatan uchun kurashayotgan odamlar ekanligini aytdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir