So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Boysunda qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesilishi ortidan jinoyat ishi ochildi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 51 tup daraxt kesib tashlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, viloyat ekologiya va atof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi maʼsul xodimlari tomonidan Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi “Machay” oʻrmon boʻlimi 5-aylanma 17-kvartalida tekshiruv olib borilganda, qizil kitobga kiritilgan “Zarafshon archasi”, “Shumtol”, “Uchkad” va “zarang” nomli jami 38 tup daraxtlar shikastlantirilganligi oqibatida oʻsimlik dunyosiga jami 560 mln. 550 ming soʻmlik modiy zarar yetkazilgani boʻyicha xulosa berilgan.

Mazkur holat yuzasidan 12-dekabr kuni Boysun tumani prokuraturasi tomonidan JKning 202-moddasi 3-qismi “j” bandi (hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.