So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Qozogʻistonda homilador ayolini oʻldirgan sobiq vazir qamoqqa olindi

Qozogʻistonda Ostona ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi Qozogʻiston sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevni ikki oyga hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda RIA Novosti sud matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
“11-noyabr kuni Ostona shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi gumonlanuvchi Quandik Bishimboyevga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga ruxsat berdi. Boshqa maʼlumotlar Qozogʻiston Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddaga muvofiq oshkor etilmaydi”, - deyiladi xabarda.
Shahar ichki ishlar boshqarmasi sobiq milliy iqtisodiyot vaziri qanday jinoyatda ayblangani haqida maʼlumot bermadi.
News Today nashrining maʼlum qilishicha, sobiq vazir Ostonadagi restoranlardan birida rafiqasi Saltanat Nukenova bilan janjallashib qolgan va uni ofitsiantlar va boshqa mehmonlarning koʻz oʻngida shafqatsizlarcha kaltaklab, homilador ayolining boshiga toʻmtoq jism bilan zarba bergan. Natijada Nukenova voqea joyida vafot etgan.

Mazkur voqeadan soʻng, majmuaga huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib kelib, vazirni qoʻlga olmoqchi boʻlgan, biroq Bishimbayev taslim boʻlishni istamay, oʻzini oʻldirish bilan qoʻrqitgan, ammo birozdan soʻng u taqdirga tan bergan.




Izohlar 2

Азизбек
2023-Nov-12 16:10