So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Xorazmda Milliy gvardiya markazi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Xorazmda Milliy gvardiya markazi boshligʻini, Toshkent shahrida advokatni, Buxoroda esa “IIB” xodimini pora olayotgan vaqtida qoʻlga oldi.
“Reshala” advokat “qopqon”ga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati firibgarlik yoʻli bilan fuqarodan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Maʼlum boʻlishicha, advokat oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida ishlovchi tanishlari orqali fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining 2023-yil oktyabr oyidagi hal qiluv qarorini sudning appellyatsiya instansiyasi jarayonida fuqaro (sudlanuvchi) foydasiga oʻzgarishsiz qoldirish masalasini hal qilib berishni vaʼda qilgan.
Buxoroda soxta “IIB” xodimi ushlandi
Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa oʻzini ichki ishlar idoralari xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalliy fuqarodan uning tanishiga nisbatan Ichki ishlar organi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan mazkur shaxsni tergov hibsxonasidan chiqarish va unga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini harakatdan tugatishni hal qilib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs oldindan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Xorazmda Milliy gvardiya markazi boshligʻi “toʻrga ilindi”
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Milliy Gvardiya Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Shovot tumani qoʻriqlash boʻlimi texnik qoʻriqlash markazi boshligʻi firibgarlik yoʻli bilan 1400 AQSH dollari hamda 1,2 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u mahalliy fuqaroni Milliy Gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan.



