So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Arab davlatlari Isroil bilan tinchlik oʻrnatish shartini ilgari surdilar
Kecha, 11-noyabr kuni Saudiya Arabistoni Gʻazo sektoridagi keskin vaziyatni muhokama qilish uchun arab va musulmon yetakchilari bilan qoʻshma navbatdan tashqari sammitga mezbonlik qildi. Sammit yakunida Falastin-Isroil urushiga barham berishi mumkin boʻlgan qaror imzolandi.
“Isroil bilan tinchlik oʻrnatish va u bilan normal munosabatlar oʻrnatishning asosiy sharti — Falastin va arab yerlarini bosib olishni toʻxtatish, shuningdek, Falastinni 1967-yil 4-iyun kuni tan olingan chegaralarini va mustaqilligini tan olish” — deyiladi sammit yakunlari boʻyicha hujjatda.
Sammit ishtirokchilari Gʻazo sektorining Gʻarbiy sohildan ajratilishiga ham qarshi chiqib, bu hududlarni Sharqiy Quddus bilan birga mustaqil Falastin davlati tarkibiga kiritish zarurligini taʼkidladilar.
Qayd etish kerak, 2020-yilda bir qator arab davlatlari, jumladan, BAA va Bahrayn AQSH vositachiligida Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi va u bilan aloqalarni faol rivojlantirishga kirishdi.
Soʻnggi olti oy ichida Saudiya Arabistoni va Isroil oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish boʻyicha muzokaralar haqida bir necha bor maʼlumotlar paydo boʻldi, ammo arab ommaviy axborot vositalariga koʻra, Gʻazo sektoridagi mojaroning kuchayishi taʼsirida bu muloqot muzlatib qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida Xamasga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir