So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Abdurahmonov bir nechta rahbarlarni ishdan boʻshatdi
Andijon viloyat hokimligi majlislar zalida Shuhratbek Abdurahmonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari rahbarligida energetika sohasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, majlisda energiya resurslarini talon-taroj qilish bilan bogʻliq holatlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilishda kommunal soha vakillari, shahar va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari, prokuratura va IIB idoralari rahbarlari bevosita ishtirok etdilar.

Yigʻilish avvalida respublikada gaz va elektr tizimiga noqonuniy ulanishlar va bu orqali mavjud qarzdorliklarning ortib ketishi, bir nechta korrupsion holatlarni bartaraf etish ishlari, bu holatga yoʻl qoʻygan mutasaddilarni javobgarlikka tortilganligi haqidagi videoreportaj namoyish etildi.
Shuningdek, bu borada viloyatimizda aniqlangan baʼzi holatlar haqida oʻqib eshittirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan viloyat rahbari soha masʼullari faoliyatiga oʻzining tanqidiy eʼtirozlarini bildirdi.

Xususan, tabiiy gaz va elektr taʼminoti haqida maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlib chiqayotgani yoki asl hisob-kitobga mos tushmayotganligi aniq misollar bilan keltirib oʻtildi.

Bir nechta rahbarlarga jiddiy ogohlantirish berilib, hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanildi. Bir nechta tumanlardagi mutasaddi rahbarlar lavozimidan ozod etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir