So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mashina boshqaruvida mast holatda boʻlgan vazirlik amaldori 4,5 yilga qamaldi. U ayol kishining vafotiga sabab boʻlgan
Toshkentda mast holda YTH sodir etib, bir fuqaro oʻlimiga sababchi boʻlgan Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi amaldori 4,5 yilga qamaldi.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning 4-iyun kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining Moliya, iqtisodiyot va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan Sh.P. mast holatda Nexia rusumli avtomashinasini Yangihayot tumani, Davlatobod koʻchasi boʻylab “50−60 km/soat tezlikda” haydab ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan. Ayol shifoxonaga yetkazilgan, biroq jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Haydovchi yetkazilgan zararni qoplash uchun marhumning qarindoshlariga 100 mln soʻm bermoqchi boʻlgan. Shuningdek, voyaga yetmagan farzandlari borligini, bundan tashqari, oyiga 10 mln soʻm toʻlanadigan ipoteka krediti borligini inobatga olib, jazoni yengillashtirishni soʻragan.
Sud majlisida marhumning qizi soʻzga chiqib, agar sudlanuvchi haqiqatan ham 50−60 km/soat tezlikda harakatlansa, onasi bunchalik ogʻir tan jarohati olmagan boʻlishini aytgan. U 100 mln soʻmni olishdan bosh tortib, sudlanuvchini qonun doirasida jazolashni soʻragan.
Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.