So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Instagramʻda Prezident va uning oilasini haqoratlagan yigit qamaldi
Instagram tarmogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyevning oilasini haqorat qilgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi.
UzNews.uzʻning maʼlum qilishicha, 2004-yilda tugʻilgan I.D. ismli yigit 2023-yilning yoz oylarida Rossiyada ishlab yurgan vaqtida Instagramʻda President family nomli videolavhani tomosha qilib, ushbu videoga prezident Shavkat Mirziyoyev va uning oilasini haqorat qiluvchi izoh qoldirgan.
Shundan soʻng, u oʻzining tanishlarining tavsiyasi bilan ushbu postini oʻchirib tashlagan. Yigit Oʻzbekistonga qaytganida unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqildi.
Kattaqoʻrgʻon tuman sudida chiqarilgan hukmiga koʻra, I.D. JKning 158-moddasi (Oʻzbekiston prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sudlanuvchi yigit bu ishidan pushaymonligi, bilmay, yoshlik qilib qoʻygani va prezidentning olib borayotgan siyosatidan norozi emasligini bildirgan. Sud shularni inobatga olib, yigitga nisbatan 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.