So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Isroilni toʻxtashga chaqiramiz” — Makron
Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga noqonuniy hujumi, tinch aholini oʻldirishini oqlab boʻlmaydi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BBCʻga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“De-fakto, tinch aholi, jumladan bolalar, ayollar va qariyalar hech qanday sababsiz snaryadlar ostida qolib, halok boʻlmoqda. Sodir boʻlayotgan voqealar noqonuniy, shuning uchun biz Isroilni toʻxtashga chaqiramiz”, - dedi Makron.
Uning soʻzlariga koʻra, terrorchilarga hech qanday aloqasi boʻlmagan barcha tinch aholini himoya qilish uchun avval gumanitar pauza eʼlon qilish va keyin oʻt ochishni toʻxtatishdan boshqa yoʻl yoʻq.
Prezident uning chaqirigʻini boshqa Gʻarb yetakchilari, jumladan, AQSH prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirdi.
“Biz birinchi kundanoq Isroilning javobi va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha koʻrayotgan choralari xalqaro huquq normalariga mos kelishi kerakligini aytdik, chunki biz demokratik davlat haqida gapiryapmiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Makron Falastinning HAMAS harakatining Isroil hududiga hujumini qoralashini va terrorizmga qarshi kurashish zarurligini taʼkidladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir