So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Federal qidiruv byurosi Nyu-York merining mobil telefoni va iPadʻini musodara qildi
AQSH Federal qidiruv byurosi Nyu-York meri Adam Adamsga tegishli uyali telefon va iPadʻni musodara qildi. Bu haqda New York Times gazetasi oʻzining manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Noyabr oyi boshida huquq-tartibot idoralari Adams xayriya tashkiloti va maslahatchisi Brionna Saggsga qarshi tergov boshlanganini eʼlon qilgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Adams va uning vakillari oʻz ehtiyojlari uchun mablagʻ olish maqsadida Turkiya hukumati bilan til biriktirganlikda gumon qilingan.
“Agentlar (FQB – tahr.) koʻchada merga yaqinlashib... mashinasiga oʻtirishdi va sud qaroriga binoan jihozlarini tortib olishdi”, - deb yozadi gazeta.
Qayd etish kerak, Saggsning uyida tintuv oʻtkazilishi munosabati bilan, Adams Vashingtonda, shu jumladan Oq uy va AQSH Kongressivakillari bilan rejalashtirilgan bir qator uchrashuvlarni bekor qilishga va zudlik bilan qaytishga majbur boʻlgan. Nashr suhbatdoshlariga koʻra, maxsus agentlar tintuvdan tashqari Saggsga korrupsiya bilan bogʻliq savollarni ham bergan.
Saggs Adams uchun 2021-yilgi Nyu-York merligi kampaniyasida ishlagan va shuningdek, 2025-yilgi qayta saylanishga tayyorgarlik koʻrish uchun mablagʻ yigʻishda ishtirok etgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir