So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Gʻazoda BMTning yuzdan ortiq xodimi halok boʻldi
7-oktyabrdan beri Gʻazo sektorida BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligining (UNPWA) 100 dan ortiq xodimi halok boʻldi, dedi tashkilot rahbari Filipp Lazzarini oʻzining X sahifasida.
“1 oy ichida 100 dan ortiq UNPWA xodimi halok boʻlgani tasdiqlandi. Ular ota-onalar, oʻqituvchilar, hamshiralar, shifokorlar, yordamchi xodimlar.
UNPWA motam tutmoqda, falastinliklar motam tutmoqda. Bu fojiani tugatish zudlik bilan insonparvarlik sulhini talab qiladi”, - deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida Xamasga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir