So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam” — Ziroat Mirziyoyeva
Mazkur forum bolalar va yoshlarning iqlim oʻzgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi oʻrnini, shu jumladan ekologik taʼlimni ilgari surish orqali eʼtirof etishga bagʻishlangan.
Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi” xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.
Forum ochilishida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qildi:

“Forumning bosh ishtirokchilari — sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sogʻlom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni eʼtirof etish maqsadida yigʻildik.
Qoʻshnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam boʻladi”, - dedi u.

Uzluksiz “yashil” taʼlim va ekologik madaniyatni shakllantirish orqali yoshlar salohiyatini mustahkamlash masalasi YUNEP ijrochi direktori Inger Andersen soʻzining muhim mavzusi boʻldi:
“Ekologik taʼlim ulkan ahamiyatga ega. U kelajak avlodlarga shunchaki norozilik vakillari boʻlish emas, balki oʻzgarishlarning drayveriga aylanish uchun zarur koʻnikma va bilimlarni beradi. Niyatimiz — keyingi avlodlar sayyora bilan uygʻun hayot kechirishning yangi va yaxshiroq usullarini orzu qiladigan dadil hukumat yetakchilari, olim va novatorlar boʻlsin”.
YUNISEFʻning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsis ham shunday dedi:

“Iqlim oʻzgarishi va ekologik taʼlim masalalarining maktab dasturlariga kiritilishi bolalar va yoshlarning oʻzgarib borayotgan iqlimga moslashish koʻnikmalaridan xabardorligini oshirishda muhim qadamdir”.
Forum ishtirokchilari ekotaʼlim mavzusini muhokama qilar ekanlar, oʻquv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi.
Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, koʻrilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida taʼkidladilar.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir