So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Taftish.uzʻning sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Blogerga nisbatan sirtdan qamoqqa olish chorasi qoʻllanilgan
Buxoro viloyat prokuraturasi huzuridagi departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan Taftish.uz axborot agentligi sobiq rahbari Gʻ.Aga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bergan, keyinchalik esa bu xabar negadir oʻchirilgan.

Xabarda aytilishicha, Taftish.uz axborot agentligi sobiq rahbari Gʻ.A tuman hududida yashovchi fuqarolarni aldab, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi kanali orqali ularning muammolarini hal qilib berish evaziga, juda koʻp miqdordagi pullarini olib, shaxsiy extiyojlariga ishlatib yuborgan.
Xususan, Gʻ.A 2020-yil oktyabrda muqaddam Konimex tumanidagi “Alibek Islom” MCHJ rahbari A.Iga qarashli boʻlib, keyinchalik tuman Qorakoʻlchilik shirkati balansiga oʻtkazib yuborilgan 1400 ga. yaylov yerlarni fermer xoʻjaligi nomiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga A.Idan jami 5 000 AQSH dollari qiymatdagi pul va boshqa moddiy qimmatliklarni olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.
Xuddi shunday, fuqaro Q.Xdan tuman hokimligi zaxirasiga olingan 1800 ga. yaylov yerlarni uning oʻziga qaytarib olishda yordam berishini aytib, buning evaziga undan jami 22 000 AQSH dollarini olib talon-toroj qilib yuborgan.
Bundan tashqari, fuqaro M.Sga JKning 105 - moddasi bilan sodir etgan jinoyati uchun “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan vaqtda (2022-yil noyabr) uning otasi I.Sni oʻgʻlini qamoqdan chiqarishga yordam berishini aytib, 5000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Tergovga qadar tekshiruvda M.Sning apellyatsiya sudlov bosqichida jabrlanuvchi bilan yarashganligi sababli qamoqdan ozod etilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, 2022-yilning aprel oyida fuqaro A.Hning Andijon viloyati (Milliy gvardiya)da ishlovchi ukasi A.Hning ishini Buxoro viloyatiga koʻchirib berish evaziga undan firibgarlik yoʻli bilan 800 AQSH dollari olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.
Shuningdek, Gʻ.A 2021-yil bahorda J.Udan 10 - 15 kunda qaytarib berish sharti bilan 500 AQSH dollari olib, hozirga qadar qaytarmasdan, aldab kelgan.
Qayd qilingan holatlarda Gʻ.A fuqarolarni aldash orqali ularning jami 33,3 ming AQSH dollar qiymatidagi pul mablagʻlarni oʻzlashtirib olib, talon-toroj qilib yuborgan.
Mazkur harakatlari uchun Gʻ.A 6-noyabr kuni JKning 168 - moddasi 3-qismi “b” bandi, 168-moddasi 4 - qismi “a” bandi hamda 25, 211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ishda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirgi kunda Peshku tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



