So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
Oʻzbekistonda 2024-yil 1 million tonna baliq yetishtirilishi kutilmoqda
Bugun, 9-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish oʻrni va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektorida Oʻzbekistonda kelgusi 2024-yilda 1 million tonna baliq yetishtirish zarurligi taʼkidlangan.

Prezident mutasaddilarga Cloveniya tajribasi asosida 50 ta zamonaviy kichik hovuzlarni ishga tushirish, 35 ming gektar sunʼiy havzalarga aerator oʻrnatib, hosildorlikni 3-4 barobar oshirish, xonbaliq, losos, osyotr kabi sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklarni 35 taga yetkazish boʻyicha topshiriq bergan.
Xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xoʻjaligiga jalb qilingan mablagʻlar toʻliq hajmda ishlatilmayotgani koʻrsatib oʻtilgan.
Buning asosiy sabablari - mablagʻlar 20-25 yilga jalb qilingan boʻlsa-da, banklar tomonidan tadbirkorlarga 5-7 yilga ajratilayotgani, kredit ajratish uchun loyihalarni koʻrib chiqish muddatlari olti oydan bir yilgacha choʻzilayotgani, mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari cheklangani, natijada tadbirkorlarda qiziqish kam.
Boʻsh mablagʻlarni oziq-ovqat loyihalari, laboratoriya va texnikalarga yoʻnaltirish zarurligi, ushbu resurslar banklar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham jozibador shartlarda ajratilishi kerakligi taʼkidlangan.
Qishloq xoʻjaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladigan, kredit uchun taqdim qilingan loyihalarni koʻrib chiqish muddati 2 oygacha qisqartiriladigan boʻldi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga xalqaro moliya tashkilotlari, byudjet va banklar ajratayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼsirchan nazorat qiladigan Ichki audit xizmatini tashkil qilish topshirildi.



