So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Raqobat qoʻmitasi raisi ishdan ketish arafasida
Bugun, 9-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish oʻrni va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor boʻlib oʻtdi. Ushbu videoselektorda Raqobat qoʻmitasi raisi Shohruh Shoraxmetovning lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqilgan.
Taʼkidlanishicha, yigʻilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash masalasi koʻrib chiqilib, sariyogʻ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish boʻyicha Hukumatga topshiriq berilgan.
Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotyalayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, koʻchma goʻsht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi taʼkidlangan.

Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi boʻyicha shikoyatlar koʻpligi Raqobat qoʻmitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat. Shu munosabat bilan qoʻmita raisi Shohruh Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish topshirilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Shohruh Shoraxmetov 1998-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999-yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tamomlagan. 2021-yildan sobiq Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, hozirgi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasini boshqarib kelmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir