So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qodirov bolalari chechen tilini bilmaydigan amaldorlarni ishdan boʻshatishini maʼlum qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, agar farzandlari chechen tilini bilmasa, oʻz jamoasidagi amaldorlarni ishdan boʻshatishini aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bunday chora-tadbirlar respublika hokimiyatining chechen tilini ommalashtirish boʻyicha rejalari bilan bogʻliq.
“Mening jamoam vakillarining bolalari koʻpincha chechen tilini bilishmaydi. Bunday amaldorlarni jamoadan boʻshatishni boshlayman. Avvalo, ota-onalar farzandlariga ona tilini oʻrgatishlari kerak”, — dedi Qodirov.
Checheniston rahbarining taʼkidlashicha, respublikaning bolalar bogʻchalari va maktablarida bolalarga rus tili oʻrgatiladi va ota-onalar koʻpincha buni ragʻbatlantiradilar.
“Chechen tilida gapirmaydigan va oʻylamagan avlodning kelajagi yoʻq”, - deb qoʻshimcha qildi Ramzan Qodirov.
Qayd etish kerak, Ramzan Qodirovning farmoni bilan 2023-yil respublikada chechen tili yili deb eʼlon qilindi.
Qaror “chechen tili, madaniyati va chechen xalqining anʼanalarini saqlash, rivojlantirish va ommalashtirish” maqsadida qabul qilingan.



