So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Gʻazoni ikkiga boʻlinishiga qarshimiz” — Turkiya tashqi ishlar vaziri Blinkenni “ogʻzini yopdi”
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan Anqarada boʻlib oʻtgan uchrashuvda turk tomoni Gʻazo aholisining koʻchirilishi va mintaqani ikki qismga boʻlish rejalaridan noroziligini bildirdi, deb xabar bermoqda “Hürriyet” gazetasi manbalarga tayanib.
Maʼlum qilinishicha, Fidan va Blinken oʻrtasida Turkiya poytaxtida muzokaralar dushanba kuni boʻlib oʻtgan.
“Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, AQSH Davlat kotibi Blinken bilan boʻlgan uchrashuvda: “Gʻazoning shimol va janubga boʻlinishi va gʻazoliklarning koʻchirilishiga qarshimiz” deb, ochiqasiga aytdi. Blinken ham uni fikrini qoʻllab-quvvatlagan holda, bu rejaga u ham qarshi ekanligini aytdi”, — deb yozadi nashr.
Gazeta, Turkiyaning boshidanoq zudlik bilan otishmani toʻxtatish tarafdori boʻlganiga diqqat qaratdi.
“Biroq, Isroil va AQSH bunga qarshi. Isroil otishmani toʻxtatish, HAMASga foyda keltirayotganini daʼvo qilmoqda. AQSHning pozitsiyasi noaniq. Hozir ular “gumanitar pauza” degan formulani ishlab chiqishdi. Blinken Anqaraga kelganida ham bu haqda gapirdi
Ular: 20, 48 yoki oʻta ogʻir hollarda 72 soatlik gumanitar pauza boʻlishi mumkin deyishdi. AQSH hozir bunga yopishib olgan. Bu sulhga qarshi chiqqan Isroil tomonidan taklif qilingan formula.
Bu formula orqali ular HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilmoqchi va shundan soʻng ular qirgʻinni toʻxtatgan joyidan davom ettiradilar”, - deyiladi gazetadagi maqolada.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir