So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Fargʻona vodiysida bolajonlarga ekologiyaga oid brayl alifbosidagi kitoblar sovgʻa qilindi
Brayl alifbosida ekologik muammolar ertak qahramonlari orqali tasvirlab berilgan.

“Qahramonlar davri” bolalar ekologik harakati tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda “Mehrli qoʻllar” markazi koʻmagida koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar maktab-internatlarida xayriya tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Ana shunday aksiyalardan biri Qoʻqon shahridagi maktab-internatida tashkil etildi. Tadbir doirasida bolalarga ekologiyaga oid brayl alifbosida yozilgan kitoblar sovgʻa qilindi. Har bir taʼlim muassasasining kutubxonasiga “Qahramonlar davri” bolalar eko-seriyasining dastlabki 2 soni taqdim etildi.
Brayl alifbosida tarjima qilingan va chop etilgan “Plastikakl kim?” va “Doktor Chixaxl va uning dahshatli siri” ertaklari, shuningdek, ushbu kitoblarning bolalar spektakli formatida yozilgan audio versiyalari oʻrin olgan.

Bu kitoblarda ekologik muammolar ertak qahramonlari orqali tasvirlab berilgan. Tadbir davomida bolalar ertaklarni qiziqish bilan tinglashdi, viktorina savollariga faol javob berishdi.Shuningdek, bolajonlarga ertak qahramonlarini yasash uchun plastelin toʻplamlari sovgʻa qilindi.

Quvonarlisi, bolalar ekologik muammolarga befarq emasliklarini koʻrsatdilar. Ular yer va suvning chiqindilar bilan ifloslanishi oqibatlari, global isish nima uchun sodir boʻlishi va iqlim oʻzgarishi nimalarga olib kelishi haqidagi bilimlarini namoyish etdilar.
Savollarga faol javob berib, tabiatni asrash muhimligini muhokama qilgan oʻgʻil-qizlar bolalar ekologik harakatining faol ishtirokchisi boʻlish, oʻzlarini sayyoramiz himoyachisi va qahramoniga aylanish istagini bildirishdi.
Shuningdek, Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Kosonsoy tumanida joylashgan 45-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida ham brayl alifbosidagi kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida turli koʻngilochar oʻyinlari oʻtkazilib, Ekologiya vazirligining sovgʻalari topshirildi.

Tadbir soʻngida “Yashil makon” loyihasi doirasida bolajonlar bilan birga maktab hovlisiga 100 tupdan ziyod manzarali koʻchatlar ekildi.
Maʼlumot uchun, loyiha Fargʻona vodiysining beshta shahrida – Margʻilon, Fargʻona, Qoʻqon, Asaka va Kosonsoydagi koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatlarida boshlangan.



