So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo markazini bosib oldi
Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Gʻazo shahrining markazida havo kuchlari va dengiz floti bilan toʻliq muvofiqlashtirilgan holda jang qilmoqda, dedi mudofaa vaziri Yoav Gallant televideniye orqali qilgan chiqishida.

“SAXAL kuchlari Gʻazo shahrining markazida joylashgan. Ular shimol va janubdan yaqinlashib, havo kuchlari va dengiz floti bilan toʻliq muvofiqlashgan holda hujum qilishdi”, - dedi u.
Vazir Gʻazo sektorini insoniyat tomonidan qurilgan eng yirik terrorchilik bazasi deb atadi va Falastin guruhlari 240 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilmaguncha, gumanitar pauza qilish imkoniyatini rad etdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Isroilga xalqaro bosim kuchayadi, biroq Tel-Aviv HAMAS ustidan toʻliq gʻalaba qozonguncha harbiy amaliyotlarini davom ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida Xamasga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir