So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Samarqandda Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan nufuzli xalqaro kongress boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 300 dan ortiq xorijlik olimlar ishtirokida Oʻzbekistonda xalqaro kongress oʻtkaziladi. Xabaringiz bor soʻnggi yillar Respublika Prezidenti tomonidan soʻnggi yillar Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha koʻplab loyihalar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Mazkur loyiha ham ulardan biri hisoblanadi.
Joriy yilgi kongress 5–8-noyabr kunlari Samarqand shahridagi Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida tashkil etiladi. Bir qator milliy va xalqaro hamkor tashkilotchilar ishtirokida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressda “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidan 61–70 jildlardan iborat 10 ta yangi kitob-albomlar taqdim etiladi. Ozarbayjon, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya (shu jumladan Tatariston), Turkiyadagi Oʻzbekiston madaniy merosi toʻplamlariga bagʻishlangan kitob-albomlar shular jumlasidan. Eʼtiborli jihati ushbu toʻplam kitoblar kutubxonalarga bepul taqdim etilmoqda.
Shuningdek, Butunjahon jamiyatining boshqa noshirlik loyihalari – “Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar”, “Klavixo: Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403–1406)”, “Rishton kulolchiligi”, “Oʻzbekiston sanʼati durdonalari”, “Orol va Amu boʻylarida: qoraqalpoq sanʼati”, “Badiiy atamalar ensiklopediyasi” albomlari, shuningdek, “Bezak ensiklopediyasi” mavzulariga bagʻishlangan rejalardagi nashrlar, “Oʻzbekiston gilamlari”, “114 Qurʼon”, “Sharqning 100 nodir qoʻlyozmasi” loyihalari ham kongress ishtirokchilariga taqdim etiladi.
Boʻlajak Kongressning ilmiy qismi 5 ta xalqaro konferensiyadan iborat boʻlib, ularda 120 ga yaqin ilmiy maʼruzalar tinglanadi. Bular “Merosning yangi qirralarini kashf etish: jahon toʻplamlaridagi oʻzbek kolleksiyalari”, “Butunjahon jamiyati loyihalaridan Sharq qoʻlyozma merosi durdonalari”, “Butunjahon jamiyati loyihalarida Markaziy Osiyo muzeylari va kutubxonalari”, “Markaziy Osiyo tarixi va sanʼati: izlanishlar va kashfiyotlar” hamda “Kino va media olami: merosga yangicha nigoh” kabi mavzular oʻrin olgan.
Respublika Prezidenti tomonidan soʻnggi yillar Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish va saqlash sohasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Koʻplab qaror va farmonlar madaniy merosimiz sohasi rivojiga sabab boʻldi. Bir qator boshqa yirik ilmiy madaniy loyihalar kabi ushbu kongress ham dunyo hamjamiyati eʼtiboriga tushmoqda.
Tadbir tashkilotchisi va homiysi ERIELL neft-serfis guruhi.
Shuningdek kongressda dunyo mamlakatlari tarixi va tarixiy shaxslari haqida filmlar yaratish uchun TURKSOY mamlakatlari kino tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini birlashtirishning yangi mexanizmlari tahlil qilinadi. Turkiy dunyo mamlakatlari oʻrtasida kelgusida hamkorlikdagi filmlarni ishlab chiqarish mavzulari muhokama qilinadi.
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) 2018-yilda dunyoning 40 mamlakati 300 dan ortiq sharqshunoslari tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, 2019-yilda Parijda rasman roʻyxatdan oʻtgan. Joriy yilda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtdi va Toshkent shahrida oʻz vakolatxonasini ochdi.